Logo

Professor Kurshad Zorlu: YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o'tkazilishi butun turkiy dunyo uchun faxri

Oktabr 06, 2025. 07:26 • 2 daq

137
Professor Kurshad Zorlu: YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o'tkazilishi butun turkiy dunyo uchun faxri

ANQARA, 8-oktyabr /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Anqara shahrida Turkiy davlatlar hamkorligi kuniga bag'ishlangan "Diplomatik nonushta" tashkil etildi, deb xabar bermoqda, "Dunyo" AA muxbiri.

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi va TDTga a'zo davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbir 6-7-oktyabr kunlari "Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" shiori ostida Ozarbayjonda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining XII sammiti doirasida o'tkazildi.

Unda turkiy davlatlar o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga O'zbekistonning TDT doirasidagi tashabbuslari haqida ma'lumot berildi. 2019-yilda O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo bo'lib kirishi, mazkur tuzilmaning nufuzini yanada oshirgani ta'kidlandi. So'nggi yillarda mamlakatimizning TDT va xususan Turkiya bilan munosabatlari yanada yuqori darajaga ko'tarilgani qayd etildi.

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi a'zosi, professor Kurshad Zorlu o'z chiqishida quyidagilarni ta'kidladi: "O'zbekiston bilan aloqalarimiz strategik hamkorlik darajasiga ko'tarilgan. Yaqinda partiyamiz delegatsiyasi O'zbekistonda bo'lib, O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. O'zbekistondagi tadqiqot markazlari bilan Imom Moturidiy xalqaro konferensiyasi o'tkazishni taklif etdik. Biz O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan "Moviy gumbazlar" hujjatli filmi suratga oldik va u Turkiya televideniyesida namoyish etiladi. – YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishi butun turkiy dunyoning faxr-iftixoriga sabab bo'ldi. Bu o'z mohiyatiga ko'ra O'zbekiston, o'zbek madaniyati, qadriyatlari nafaqat turkiy dunyoda, balki butun dunyoda yuksak ahamiyat kasb etishidan dalolatdir."

"Diplomatik nonushta" yakunida uning ishtirokchilari ushbu shakldagi muloqotni muntazam tashkil etish to'g'risida taklifni qo'llab-quvvatladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish