Logo

Shvetsiya OAV: YUNESKO bilan hamkorlik O'zbekistonning global turizm sanoatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

Oktabr 14, 2025. 09:17 • 2 daq

80
Shvetsiya OAV: YUNESKO bilan hamkorlik O'zbekistonning global turizm sanoatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

STOKGOLM, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyasining ommabop "Diplomatic World Sweden" nashrida "O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlik turizm uchun yangi ufqlarni ochmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston xalqaro turizmning muhim yo'nalishi sifatida tobora faolroq namoyon bo'layotgani qayd etilgan. Boy madaniy meros va noyob tabiiy landshaftlarning uyg'unligi sayohatchilar uchun mamlakatni Buyuk ipak yo'lining haqiqiy xazinasi sifatida taqdim etmoqda. Bu borada YUNESKO bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, yodgorliklar va hududlarni Jahon merosi obyekti sifatida tan olish ularni jahon miqyosida targ'ib qilish, sayyohlarda qiziqish uyg'otish va O'zbekistonning global turizm sanoatidagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

"Bugungi kunda YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga mamlakat hududida joylashgan yettita obyekt, shu jumladan uchta transchegaraviy obyekt kiritilgan. Ularning har biri turizm yo'nalishlarini rivojlantirishda, xorijiy mehmonlar oqimini oshirishga hissa qo'shishda hamda biznes, mehmonxona sektori, xizmat ko'rsatish sohasi va transport infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochishda hal qiluvchi rol o'ynamoqda", – deb yozilgan nashrda.

Maqola muallifi, shuningdek, ushbu obyektlarning har biri nafaqat turizm yo'nalishlari uchun asos bo'lishini, balki O'zbekiston brendini xalqaro maydonda ilgari surishning muhim vositasiga aylanishini ham ta'kidlagandi.

"Butunjahon merosi obyektlarini ommalashtirish xorijiy turoperatorlarning mamlakatga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi, xorijiy mehmonlar tashriflari sonining o'sishiga yordam beradi, yangi ish o'rinlari yaratadi va iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Turizm shunchaki xizmat ko'rsatish sohasi emas, balki O'zbekistonning ochiq, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatidagi imijini mustahkamlash uchun strategik resurs hamdir",– deya urg'ulangan materialda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish