Logo

"Ukraїnskiy Doщ": O'zbekiston madaniy diplomatiya modernizatsiya vositasi bo'lishi mumkinligini isbotladi

Oktabr 23, 2025. 17:13 • 2 daq

81
"Ukraїnskiy Doщ": O'zbekiston madaniy diplomatiya modernizatsiya vositasi bo'lishi mumkinligini isbotladi

KIYEV, 23-oktyabr. /"Dunyo"AA/. Ukrainaning ommabop "Ukraїnskiy Doщ" nashrida "Ishtirokchidan tashabbuskorga: O'zbekiston YUNESKOning bosh tadbirini o'tkazish huquqini qanday qo'lga kiritdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasini qabul qilishga faol tayyorgarlik ko'rayotgani va so'nggi 40 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi global ustuvorliklarni belgilovchi ushbu muhim forum Parijdan tashqarida o'tkazilishi haqidagi aniq ma'lumotlar qalamga olingan.

"Aslida, bunning ajablanarli joy yo'q, 2017-yildan boshlab O'zbekistonning tashkilot bilan hamkorligi ramziy tashabbuslardan tizimli sheriklik darajasiga ko'tarildi. 2022-yildan buyon O'zbekiston Nomoddiy merosni muhofaza qilish bo'yicha Hukumatlararo qo'mita a'zosi, 2024-yilda esa YUNESKOning Madaniy qadriyatlarni saqlash va restavratsiya qilish xalqaro markaziga qo'shildi. Respublika tashkilot homiyligida o'tkaziladigan xalqaro forumlarning faol tashabbuskori sifatida ishtirok etmoqda", – deya qayd etilgan maqolada.

Shuningdek, so'nggi sakkiz yil ichida mamlakatning 16 ta nomoddiy madaniy meros elementi tashkilot ro'yxatlariga kiritilgani alohida urg'ulangan.

YUNESKO vakillarining ta'kidlashicha, O'zbekiston madaniy diplomatiya modernizatsiya vositasi bo'lishi mumkinligini isbotladi. Bu merosning innovatsiyalar poydevoriga aylanishi misolidir. Shu bilan birga bugun Hamkorlik nafaqat madaniyatni qamrab oladi. Tashkilot bilan birgalikda iqlim tadqiqotlari, maktabgacha ta'lim, fan va raqamli transformatsiya sohalarida dasturlar amalga oshirilmoqda.

"Yaqin vaqtda Samarqandda YUNESKOning Maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha mintaqaviy markazi ochiladi. Shuningdek, mamlakatlarning sun'iy intellektni joriy etishga tayyorligini baholash bo'yicha qo'shma metodologiya taqdim etiladi",– deb yozilgan "Ukraїnskiy doщ" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish