"Kyiv Diplomatic": O'zbekistonning turizm sohasi jadal rivojlanmoqda
Noyabr 21, 2025. 13:00 • 2 daq
• 72
KIYEV, 21-noyabr. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning nufuzli "Kyiv Diplomatic" jurnali internet-portalida "O'zbekistonning turizm sohasi jadal o'sishda davom etmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, Turizm qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning oktyabr oyida O'zbekistonga 1 million 170 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 13,2 foizga oshgan. Bu kiruvchi reyslar oqimining barqaror o'sishi, viza rejimining soddalashtirilishi, to'g'ridan-to'g'ri reyslar geografiyasining kengayishi va turizmning xalqaro maydonda faol targ'ib qilinishi bilan bog'liq.
"Mamlakatning eng mashhur sayyohlik yo'nalishlari orasida an'anaviy ravishda Samarqand, Buxoro va Xiva bor. Ammo ekologik va gastronomik turizmga qiziqish sezilarli darajada oshdi. Natijada, sayyohlar Farg'ona vodiysi va mamlakatning janubiy qismiga ham sayohat qilishni tanlamoqda", – deya fikr yuritilgan "Kyiv Diplomatic" jurnalida.
Maqola so'nggida yil boshidan buyon O'zbekistonga 9,7 milliondan ortiq chet el fuqarolari tashrif buyurgani ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi