"Lookwe" jurnalining O'zbekistonga bag'ishlangan maxsus soni chop etildi
May 24, 2025. 11:45 • 2 daq
• 73
PEKIN, 24-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning ommabop "Lookwe" jurnalining O'zbekistondagi zamonaviy taraqqiyotga bag'ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu maxsus son sahifalaridan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston" temir yo'li qurilishi loyihasining ishga tushirilishiga bag'ishlangan tantanali marosim ishtirokchilariga yo'llagan murojaatining to'liq matni bosilgan.
Shuningdek, jurnalning mazkur sonida O'zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik va boshqa qator sohalarda izchillik bilan hayotga tadbiq etilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda ular berayotgan salmoqli natijalar, e'tiborga molik o'zgarishlar haqidagi xabar-maqolalar ingliz va xitoy tillarida o'quvchilar e'tiboriga havola qilingan.
Ularda 2025-yilni O'zbekistonda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilinganligi, O'zbekiston va Xitoyning har tomonlama strategik sherikligi va "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasidagi ikki mamlakat hamkorligi, shuningdek, "O'zbekiston-2030" Strategiyasi, mamlakatimizning boy sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati, davlatimizning oliy ta'lim va yoshlarga oid siyosati hamda boshqa qator dolzarb mavzular qamrab olingan.
Bundan tashqari, O'zbekistonda Navro'z bayramining nishonlanishi, o'zbek milliy taomlari hamda xorijiy sayyohlar uchun yurtimizdagi Chodak, Sangardak, Omonxona kabi yangi turizm maskanlarining taqdim etilayotgani haqidagi axborot materiallari ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilingan.
"Lookwe" jurnali Xitoyning vazirlik va idoralari, Pekinda akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, mamlakatning yirik kompaniyalari, tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida tarqatiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi