«Komsomolskaya pravda» gazetasi: Samarqand va Buxoro rossiyalik sayyohlar orasida O'zbekistondagi eng mashhur shaharlar
Oktabr 23, 2023. 12:35 • 2 daq
• 128
MOSKVA, 23-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Rossiyaning ommabop «Komsomolskaya pravda» gazetasida Samarqand va Buxoroning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlagan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Nega rossiyalik sayyohlar O'zbekistonga tez-tez sayohat qila boshladilar» sarlavha ostida bosilgan maqola muallifi Samarqand va Buxoroga nima uchun borish kerakligi haqidagi savolni ilgari surgan va unga o'zi javob izlashga harakat qilgan.
Uning ta’kidlashicha, Samarqand va Buxoro rossiyalik sayyohlar orasida O'zbekistondagi eng mashhur shaharlardir. «Bu yerda sayohat uchun barcha narsa bor, - deb yozgan jurnalist. – ushbu shaharlar hayronarli darajada chiroyli, yorqin, fotogenik arxitektura ega. Ekzotik va o'ziga xos atmosfera, va ayni paytda hech qanday til to'sig'i yo'q, hamma rus tilida va xursandchilik bilan gapiradi. Qadimgi tarix - maktab darsliklaridan tanish, ammo yangi tomondan ochiladi. Ko'p quyosh, ko'p palov, juda ko'p kashfiyotlar».
Materialda Samarqand va Buxoroning tarixiy markazlari YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgani ma’lum qilingan. «Va qaysi shaharga borishni tanlashda hech qanday to'siq yo'q: ularni bir sayohatda birlashtirish oson, - deya davom etadi sayohatchi muxbir. - «Afrosiyob» tezyurar poyezdlari Samarqand va Buxoroni birlashtiradi. Siz bir soatu qirq daqiqada bir shahardan ikkinchisiga oson yetib olasiz. Aytgancha, xuddi shu poyezd Samarqandni Toshkent bilan bog'laydi. Tez orada esa yuqori tezlikdagi yo'nalish Xivagacha uzaytiriladi».
Manbada O'zbekistonda taksilarga buyurtma berish xizmatlari juda qulayligi va narxlar ham hamyonbop ekanligi ta’kidlangan.
«Qadimiy Buyuk ipak yo'li bo'ylab turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar Samarqand bilan bir qatorda Buxoro orqali ham o'tgan. Shahar markazi esa Toki Zargaron, Toki Telpak Furushon va Toki Sarrofon savdo gumbazlaridir. 16-asrga oid do'konlar bugungi kunda ham o'z vazifasini bajarmoqda. Bu yerdan gilamlar, qorako'l mo'ynalari, zardo'zi chopon va do'ppilarni topishingiz mumkin», - deb yozgan «Komsomolskaya pravda».
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi