Eron OAV O'zbekiston,Tojikiston va Qirg'iziston yetakchilarining Xo'jandda bo'lib o'tgan uch tomonlama uchrashuvi yakunlari haqida
Aprel 01, 2025. 14:46 • 2 daq
• 128
TEHRON, 1-aprel. /"Dunyo" AA/. 31-mart kuni Xo'jand shahrida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov o'rtasida bo'lib o'tgan uch tomonlama uchrashuv yakunlari Eronning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "IRNA" Eron milliy axborot agentligi Xo'jand shahrida o'tgan oliy darajadagi tadbirlar dasturiga muvofiq, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston rahbarlari uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do'stlik stelasini tantanali ravishda ochganlari haqida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu timsol uch qardosh mamlakat o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo'ladi.
"Sammit davomida O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo'shma deklaratsiyasi qabul qilindi", – deb yozgan "IRNA" .
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi