Samarqanddagi Registon maydoni Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi mehmonlarini qarshi olmoqda
Oktabr 18, 2023. 09:11 • 2 daq
• 114
AR-RIYOZ, 18-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Saudiya Arabistonining «Sado» gazetasi saytida «Samarqanddagi Registon maydoni Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi mehmonlarini qarshi olmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ayni paytda Samarqandda bo'lib turgan gazeta muharriri Safar Salem al-Otaybi qalamiga mansub ushbu maqolada Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida bo'lib o'tayotgan tadbirlar va ushbu qadim kentning boy merosi haqidagi muhim ma’lumotlarni mushtariylar e’tiboriga havola qilgan.
«Ushbu tadbirning rasmiy ochilish marosimi 16 oktyabr kuni bo'lib o'tdi. Forumda 160 ta xorijiy davlatning turizm vazirlari, davlat idoralari rahbarlari, turizm sohasi va xalqaro biznes kompaniyalari vakillari ishtirok etishi ma’lum qilingan, - deb yozgan muallif. - YUNVTO yubiley sessiyasi 20 oktyabrga qadar davom etadi».
«Sado» muxbiri dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri, 2750 yillik tarixga ega ko'hna Samarqand shahrining tarixiy, arxeologik va diqqatga sazovor qadamjolari bilan tanishish sharafiga muyassar bo'lgani ham yozgan.
«Samarqand shahri o'zining bir necha ming yillik tarixi davomida muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo'lib kelgan, - davom etadi u. – Ushbu kent Xitoy va Yevropani bog'lab turgan Buyuk ipak yo'lining muhim nuqtasi hamdir».
Saudiya bosma nashri muxbiri ta’kidlaganidek, mashhur Registon maydoni islom madaniyati me’morchiligining eng go'zal namunalaridan biri hisoblanadi. Maydon o'ziga xos uslubda qurilgan Tillakori, Sherdor va Mirzo Ulug'bek madrasalari bilan yaxlit me’moriy ansamblni tashkil qiladi.
«Bu ansambl YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Registon maydonidan turib, «Chorsu» savdo markazining moviy gumbazlarini ko'rish mumkin. Bu esa o'z navbatida, Registon maydoni Samarqandda alohida savdo markazi maqomiga ega bo'lganidan dalolat beradi», - deb yozilgan «Sado»da e’lon qilingan maqola xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

"The World News": O‘zbekiston Pokistonning Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranzitini oshirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi



