Aleksandra Uilton Varen: Forumning Samarqandda o'tkazilishi o'zaro tajriba almashish va salohiyatni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir
Iyun 25, 2025. 13:00 • 2 daq
• 81
SAMARQAND, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Shvetsiya Adliya vazirligining huquqiy masalalar bo'yicha bosh direktori Aleksandra Uilton Varen "Dunyo" uchun intervyusida Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan BMTning Davlat xizmatlari forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekistonga birinchi tashrifim, shuni aytishim mumkinki, o'zbek xalqining samimiyligi va mehmondo'stligini allaqachon his qildim. Bu mamlakatning go'zalligi va madaniyati meni hayratda qoldirdi. Tashrif davomida yurtingiz bilan yaqindan tanishishni intiqlik bilan kutyapman.
Biz ushbu muhim forumda migratsiya va mobillik masalalarini muhokama qilish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ishtirok etyapmiz. Tashrifimiz ikki kunga mo'ljallangan – bir kun Samarqandda, ikkinchi kuni esa Toshkentda bo'lamiz. Yurtingizga tashrifimizdan asosiy maqsad Shvetsiya va O'zbekiston o'rtasida migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi qo'shma niyat deklaratsiyasini imzolashdan iborat. Bu ikki davlat uchun juda muhim bo'lgan sohada ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo'lidagi muhim qadamdir.
Qolaversa, ushbu xalqaro forumda ishtirok etish biz uchun katta sharaf hamdir. Bu migratsiya, mobillik va davlat boshqaruvining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun butun dunyodan ekspertlar, hukumat amaldorlari va manfaatdor tomonlarni birlashtirgan ajoyib platforma hisoblanadi. Tashkiliylik darajasi va ishtirok ko'lami menda katta taassurot qoldirdi. O'zbekistonga bunday yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir uchun o'z minnatdorligimizni bildiramiz.
Ushbu forum haqiqatan ham juda muhim va dolzarbdir. Shvetsiyada bu yerda muhokama qilingan ko'plab mavzular bizning ijtimoiy siyosat tizimini shakllantirishda va migratsiya qonunchiligini ishlab chiqishda muhim rol o'ynadi.
O'zbekistonda ayni paytda barcha jabhada, shu jumladan, davlat boshqaruvi sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Forumning bu yerda o'tkazilishi tajriba almashish va salohiyatni oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuningdek, bu O'zbekistonning migratsiya va mobillik bo'yicha xalqaro muloqotda faol ishtirok etishga tayyorligini ko'rsatadi.
Yuqorida aytib o'tganimdek, hukumatlarimiz o'rtasida Qo'shma ahdlashuv deklaratsiyaning imzolanishi tashrifimizning markaziy voqeasi bo'ladi. Ushbu hujjat migratsiyani boshqarish, ishchi kuchi harakatchanligi va huquqiy hamkorlik sohasidagi kelgusi sheriklik uchun asos bo'ladi. Biz buni uzoq muddatli va keng qamrovli hamkorlikning boshlanishi deb bilamiz.
Biz buni uzoq muddatli va keng qamrovli hamkorlikning boshlanishi deb bilamiz. Tashrifimiz dasturidan, shuningdek, bir qator uchrashuvlar va migratsiya sohasida faoliyat yurituvchi O'zbekiston muassasalariga tashriflar rejalashtirilgan. Bu bizga bir-birimizning yondashuvimizni yaxshiroq tushunish va hamkorlikni yana-da rivojlantirishning aniq yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari