Avstriyadan munosabat: O'zbekiston barqarorlik, taraqqiyot va doimiy islohotlarning tayanch nuqtasiga aylanmoqda
Oktabr 03, 2025. 14:54 • 55 soniya
• 314
TOSHKENT, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Xalqaro maslahat kengashi raisi, Avstriyaning o'ninchi Federal kansleri Alfred Guzenbauer "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi islohotlar davri boshlanganidan buyon O'zbekistonda havas qilgulik rivojlanish jarayonlari boshlandi. Bu jarayonlar nafaqat Yevropada, balki so'nggi vaqtda guvoh bo'lganimizdek, Amerika Qo'shma Shtatlarida ham yuqori baholanyapti. O'zbekiston tobora Markaziy Osiyoda barqarorlik, taraqqiyot va doimiy islohotlarning tayanch nuqtasiga aylanmoqda.
Biz O'zbekiston strategik islohotlar agentligi bilan keng qamrovli hamkorlik qilyapmiz. Bu yilgi dasturimiz doirasida ta'lim, soliq islohotlari, pensiya masalalari, Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash bo'yicha ish olib boryapmiz. Shuningdek, turizm sohasida ham Yevropaning tajribasini o'rganish hamda turli institutlar bilan aloqalarni rivojlantirish harakatidamiz.
Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekistonning hamkorligi ikki yo'nalishdan iborat: birinchidan mamlakatingiz Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligining muhim qismidir. Bu mintaqaning Yevropa bilan aloqalarini mustahkamlashda juda ahamiyatli. Ikkinchidan, tomonlarning keng ko'lamli sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimi turli sohalar, jumladan, investitsiya, ta'lim, turizm, savdo-iqtisodiy aloqalarning yangi davriga yo'l ochmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari