Bryusseldan munosabat: Ushbu tashrif Yevropa auditoriyasini O'zbekistonning jahon miqyosida o'sib borayotgan roli haqida xabardor qilish uchun qimmatli imkoniyatdir
May 23, 2025. 17:23 • 54 soniya
• 48
BRYUSSEL, 23-may. /"Dunyo" AA/. "Buscardini-Communications" mediakompaniyasi bosh direktori va ta'sischisi hamda "Travel Tomorrow" kompaniyasi bosh direktori Antonio Buskardini (Belgiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Yevropa Ittifoqiga a'zo davlat – Vengriyaga rasmiy tashrifini qutlashdan mamnunmiz.
Ushbu tashrif 2025-yil 3-4-aprel kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" birinchi sammitidan so'ng amalga oshirildi. Sammitda Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Koshta va Yevropa Komissiyasi Raisi Ursula fon der Lyayen Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash muhimligini ta'kidladilar.
Bryusselda joylashgan "Buscardini-Communications" kompaniyasi O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.
Mazkur tashrif Yevropa auditoriyasini O'zbekistonning jahon miqyosida o'sib borayotgan roli haqida xabardor qilish uchun qimmatli imkoniyatdir. Mustaqil Yevropa media agentligi sifatida biz O'zbekiston haqida xabardorlikni oshirish va O'zbekiston va Yevropa media olami, xususan, turizm sohasida aloqalarni mustahkamlash tarafdorimiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari