O'zbekiston va Mo'g'ulistonning yetakchi "aql markazlari" ekspertlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo'llarini muhokama qiladilar
Iyun 25, 2025. 10:12 • 42 soniya
• 568
TOSHKENT, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Ertaga "O'zbekiston va Mo'g'uliston: o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida onlayn forum o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Mo'g'uliston Milliy xavfsizlik kengashi huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo'g'ulistonga ilk davlat tashrifi yakunlari sarhisob qilinadi.
Tadbirda ikki mamlakat diplomatik idoralari, yetakchi tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda ekspertlari ishtirok etadi.
Anjuman kun tartibidan siyosat, savdo-iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi, "yashil" energetika, raqamli transformatsiya, transport va logistika sohalarida ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bilan bog'liq masalalar o'rin olgan.
Ekspertlar muloqoti O'zbekiston-Mo'g'uliston strategik sherikligini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shishi va o'zaro manfaatli barcha yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari