Logo

Erondan munosabat: Zomin tumanida bo'lib o'tgan biznes-forum O'zbekiston-Eron o'rtasidagi ko'p qirrali sheriklik rivojiga yangi sur'at qo'shadi

Aprel 26, 2025. 13:35 • 44 soniya

87
Erondan munosabat: Zomin tumanida bo'lib o'tgan biznes-forum O'zbekiston-Eron o'rtasidagi ko'p qirrali sheriklik rivojiga yangi sur'at qo'shadi

TEHRON, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. Eronning "Invest Trade" kompaniyasi direktori Seyed Ali Buxloli "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes-forum Jizzax – 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

–Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes-forum Jizzax– 2025" O'zbekiston-Eron o'rtasidagi ko'p qirrali sheriklik rivojiga yangi sur'at qo'shishiga ishonchim komil.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijiy investorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar tufayli O'zbekiston hududlarida qurilish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo'yicha qator loyihalarni amalga oshiryapmiz.

Zomin tumanida bo'lib o'tgan biznes-forum doirasida ham hamkorlar bilan tanishib, ular bilan sheriklikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni kelishib oldik.

Aminmanki, ushbu forum ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm kabi muhim ustuvor sohalarda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo'ladi.

Ushbu biznes-forum yuqori saviyada tashkil etilgani va Zomin tumanining betakror tabiati bizga juda yoqdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish