Logo

Xitoydan munosabat: O'zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o'zining yuksak cho'qqisida

Iyun 18, 2025. 12:40 • 2 daq

115
Xitoydan munosabat: O'zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o'zining yuksak cho'qqisida

PEKIN, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Chjuanchji "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-iyun kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Xitoy" sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:    

– 17-iyun Xitoyning Markaziy Osiyodagi yaqin va ishonchli hamkorlari bilan o'zaro munosabatlarining yangi tarixiga kiradi. Bu format ishga tushganiga bor-yo'g'i ikki yil bo'ldi, biroq vazirlar va ekspertlar darajasida juda ko'p mashaqqatli ishlar amalga oshirildi.

O'zbekiston yetakchisi yuqori xalqaro platformalardan Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi hamkorlikka yana-da kuchli turtki berishga qaratilgan dolzarb mavzularni o'rtaga tashlab kelayotganini yaxshi bilamiz.

Ayniqsa, Xitoy Raisi Si Szinpinning azaliy buyuk do'stlar va bir-birlariga chuqur hurmat tuyg'ulariga ega bo'lgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o'tkazgan ikki tomonlama uchrashuvini alohida ta'kidlash joiz.

Bugungi kunda O'zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o'zining yuksak cho'qqisida va har kuni tom ma'noda yangi mazmun bilan to'ldirilmoqda.

Yetakchilar sammitini o'tkazish bo'yicha konstruktiv ishlar amalga oshirildi. 2-iyun kuni Samarqand shahridagi ochiq osmon ostidagi muzeyda Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisining o'rinbosari Shen Yueyue boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida ikkinchi Hududlar forumi muvaffaqiyatli o'tganidan xabarimiz bor. Unda ikki mamlakat hududlari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev IV Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoy ishbilarmon doiralari delegatsiyasini qabul qilib, iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildi.

O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi bo'yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to'g'risidagi bayonnoma imzolangani davlat rahbarlari huzurida e'lon qilingani ham muhim voqeadir.

Xitoy O'zbekiston yetakchisi Rais Si Szinpin taklifini qabul qilgani va joriy yilning sentyabr oyida Tyanszin shahrida bo'lib o'tadigan SHHT davlat rahbarlari sammitida ishtirok etishidan minnatdor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish