"Made in Uzbekistan" yorlig'i ostidagi mahsulotlar Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan ko'rgazmada namoyish etildi
May 04, 2025. 10:53 • 28 soniya
• 103
SANKT-PETERBURG, 4-may. /"Dunyo" AA/. Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilgan XX Umumrossiya davlat buyurtmasi ko'rgazmasida "Made in Uzbekistan" yorlig'i ostidagi milliy mahsulotlar namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Ko'rgazmada O'zbekistondan 11 korxona o'z mahsulotlarini taqdim etdi va rossiyalik sheriklar bilan "V2V" formatida bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.
Xorij tomoni yurtimizda ishlab chiqarilgan tekstil, oziq-ovqat, maishiy texnika, akkumulyator, oshxona uchun temir idishlar hamda farmatsevtika mahsulotlariga yuqori qiziqish bildirdi.
Muzokaralar natijasida O'zbekistonning "Global Technomet" MCHJ va Rossiyaning "Polimet Treyding" MCHJ o'rtasida eksport shartnomasi imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari