Nyu-Yorkdan munosabat: Xalqaro standartlarni joriy etish va milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha O'zbekiston bilan hamkorlikka tayyormiz
May 01, 2025. 10:49 • 37 soniya
• 59
NYU-YORK, 1-may. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boshqarmasi direktori Stefan Shvaynfest "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga ilk bor a'zo bo'lgani haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Yaqinda O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasi raisi Behzod Hamroyev bilan uchrashish imkoniga ega bo'ldim. Fursatdan foydalanib, u orqali mamlakat rahbariyatini O'zbekiston keyingi to'rt yilga BMT Statistik komissiyasi a'zosi etib saylangani bilan tabrikladim.
O'zbekiston bugun o'z taraqqiyotining juda jadal bosqichida. Bu taraqqiyotni samarali boshqarish uchun, albatta, yuqori sifatli, shaffof va foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xalqaro standartlarni joriy etish va milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasi bilan hamkorlikka tayyormiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot