Prezident Aleksandr Vuchich O'zbekistonga tashrifi haqida: Men mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlarni ko'ryapman
Oktabr 29, 2025. 17:02 • 2 daq
• 118
BELGRAD, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Serbiyaning "Novosti" axborot portali Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning O'zbekistonga rasmiy tashrifiga bag'ishlangan maqolani e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" muxbiri.

Portalda xabar qilinganidek, Serbiya Prezidenti 28-31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekiston bo'ladi.
Maqolada Prezident Aleksand Vuchichning mazkur tashrif haqida ommaviy axborot vositalariga bildirgan fikrlari o'rin olgan: "Bizda juda tig'iz kun tartibi, ammo juda muhim va samarali kun o'tkazdik. O'zbekiston rivojlanayotgan mamlakat. Har yili millionga yaqin bola tug'iladi. Prezident bizni ajoyib kutib oldi. Toshkentda reklama bannerlari, plakatlar va bayroqlarimiz bo'lmagan birorta ham joy yo'q – bu juda yoqimli. Bugun biz Serbiya va O'zbekiston o'rtasida qo'shma deklaratsiyani imzoladik. Biz bunday do'stlarni qadrlashimiz va yuqori darajadagi do'stlikni namoyish etishimiz shart. Bugun biz muntazam maslahatlashuvlar uchun sharoit yaratishni muhokama qildik. Biz uzoq suhbatlashdik. Men hech kim bilan ikki soatlik yakkama-yakka suhbatlashganimni eslay olmayman".
Serbiya yetakchisi, shuningdek, "Men mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlarni ko'rmoqdaman. Biz barcha tashkilotlar va muassasalar o'rtasida qo'llab-quvvatlash siyosati bo'yicha kelishib oldik. Ertaga band kun bo'ladi - YUNESKO konferensiyasining ochilishi", – deya ta'kidlagan.
"Novosti" nashriga ko'ra, Prezident Aleksandr Vuchich o'zining Instagram sahifasida qo'yidagi izohni yozib qoldirgan: "Bugun biz Serbiya va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga bo'lgan o'zaro istagimizni mustahkamlaydigan ko'plab ikki tomonlama shartnomalarni imzoladik. Hamkorlikning turli sohalari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport, muhandislik, sun'iy intellekt va ilg'or texnologiyalar va boshqalar.
Kelishuvlarning imzolanishi ramziy ma'noda O'zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkentdagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekish bilan yakunlandi.
Ushbu do'stlik va ishonch harakati mamlakatlar o'rtasidagi yaqin munosabatlarni va hamkorlik o'zaro hurmat asosida rivojlanishi kerak degan umumiy ishonchni tasdiqladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari