Rossiyadan munosabat: Avazada bo'lib o'tgan muzokaralarda uch davlat o'rtasidagi umumiy hamkorlikning asosiy strategik yo'nalishlari belgilab olindi
Avgust 24, 2025. 11:57 • 2 daq
• 69
MOSKVA, 24-avgust. /"Dunyo" AA/. Rossiya davlat gumanitar universiteti xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Yuriy Sigov "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan birgalikda Kaspiy dengizi bo'yidagi Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu tashrif davomida u hamkorlar bilan ham uch tomonlama, ham ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralarda uch davlat o'rtasidagi umumiy hamkorlikning asosiy strategik yo'nalishlarini belgilab olindi.
Menimcha, Turkmanboshidagi ushbu uchrashuv va muzokaralar ramziy ma'noga ega bo'lib, bizni Kaspiy mintaqasi, Kavkazorti va Markaziy Osiyodagi butun geosiyosiy va iqtisodiy manzaraga yangicha nazar tashlashga undaydi.
O'zbekiston uchun ustuvor vazifa Turkmaniston va Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya portlariga, keyinchalik Yevropa bozorlariga chiqish imkonini beruvchi transport-energetika yo'lagini tashkil etish bo'yicha ishlarni faollashtirish bo'ladi.
Dengiz portlariga chiqish imkoniga ega bo'lmagan O'zbekiston uchun o'z mahsulotlarini Yevropa bozorlariga yetkazib berishda Turkmaniston va Ozarbayjonning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, Xitoyning G'arbiy mintaqalaridan Markaziy Osiyo orqali Yevropaga olib boradigan transport yo'lagi bo'yicha loyihalarga faol qo'shilishi ustuvor ahamiyatga ega.
Shuningdek, Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan allaqachon o'rnatilgan do'stona munosabatlardan maksimal darajada foydalanish kerak. O'zbekiston Ozarbayjon orqali Janubiy Kazkazda va Turkiya bilan hamkorlikda o'z manfaatlarini ilgari surishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari