Shvetsiyadan munosabat: "Jizzax – 2025" biznes-forumida ishtirok etish bizga O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar mohiyatini teranroq anglash imkonini berdi
Aprel 25, 2025. 19:09 • 49 soniya
• 72
STOKGOLM, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyaning "Nordic Technology & Innovation AB" kompaniyasi bosh direktori Amid Xan "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Kompaniyamiz uchun ushbu tadbirda ishtirok etish nafaqat katta sharaf, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, O'zbekistondagi sarmoyaviy muhitni chuqurroq anglash, sanoat, qishloq xo'jaligi va texnologiya kabi sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bilan tanishish uchun muhim imkoniyat bo'ldi.
Forumning yuqori darajada tashkil etilgani, ishbilarmonlik dasturining mazmun-mohiyati, O'zbekiston tomoni vakillarining muloqot va o'zaro hamkorlikka ochiqligi bizda samimiy taassurot qoldirdi. Jizzax viloyati investitsiyaviy salohiyatining jozibadorligini, viloyat hokimligining xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish istagini alohida ta'kidlamoqchiman.
Biz O'zbekiston tomonining Shvetsiya bilan iqtisodiy va texnologik aloqalarni rivojlantirishda ko'rsatayotgan yordamini yuqori baholaymiz. Shuningdek, O'zbekiston biznes vakillari, hududiy va davlat ma'muriyati vakillari bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot