Logo

Tojikistondan munosabat: O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlar vaqt sinovidan o'tgan do'stlik

Iyul 06, 2025. 11:56 • 49 soniya

71
Tojikistondan munosabat: O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlar vaqt sinovidan o'tgan do'stlik

DUSHANBE, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-4-iyul kunilari Ozarbayjonga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Zamonaviy global o'zgarishlar davrida ikki qardosh davlat – O'zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining har bir oliy darajadagi uchrashuvi tarixiy ahamiyatga ega bo'lmoqda.

O'zbekiston yetakchisining Bokuga tashrifi ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30-yilligi nishonlanayotgan bir vaqtda bo'lib o'tgani bilan ham ahamiyatlidir. Shuningdek, u 1996-yilda asos solingan do'stlik ruhining davomiyligini ta'kidlaydi.

O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlar mustahkam va vaqt sinovidan o'tgan do'stlik. Ularni ikki qardosh xalqning istiqboli va farovonligiga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarni barpo etishning mumtoz namunasi deyish mumkin.

O'zbekiston–Ozarbayjon ikki tomonlama munosabatlari haqida gapirganda, dunyo arxitekturasining o'zgarib borayotgan yangi sharoitlarini hisobga olgan holda mintaqaviy va mintaqalararo miqyosda hamkorlikni yo'lga qo'yishga qaratilgan O'zbekiston tashqi siyosatining o'ziga xos xususiyatlarini qayd etish lozim.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish