Logo

Tojikistondan munosabat: Gabala sammiti yakunlari TDT turkiy dunyo taraqqiyotining yangi davri sari odimlamoqda

Oktabr 09, 2025. 12:15 • 56 soniya

73
Tojikistondan munosabat: Gabala sammiti yakunlari TDT turkiy dunyo taraqqiyotining yangi davri sari odimlamoqda

DUSHANBE, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosat va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonning Gabala shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi.

– Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammiti ushbu tuzilma rivojiga yangi dinamik sur'at bag'ishladi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan nomi o'zgartirilgach, TDTning rivojlanishi sifat jihatidan madaniy-ma'rifiy va iqtisodiy hamkorlik chegaralaridan yangi subyektga, jahon miqyosida muhim ishtirokchiga aylandi.

Tashkilotga a'zo bo'lmagan davlatlar bilan hamkorlik qilishning yangi "TDT+" formati allaqachon ko'rib chiqilmoqda. Davlat rahbarlarining nutqlarida 2021-yil noyabr oyida Istanbulda bo'lib o'tgan Davlat rahbarlarining VIII sammiti yakunlari bo'yicha qabul qilingan "Turkiy dunyo nigohi– 2040" dasturida mustahkamlangan TDTning asosiy maqsadiga erishish yo'lida birdamlik borligi ta'kidlandi.

O'zbekistonning Gabaladagi faol pozitsiyasi ikki o'zaro bog'liq omil bilan belgilanadi. Birinchisi, O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari, ikkinchisi ko'p tomonlama, ya'ni TDT mamlakatlari bilan hamkorlikdir.

O'ylaymanki, sammit natijalari TDT allaqachon turkiy dunyo taraqqiyotining yangi davriga ishonch bilan qadam qo'yganini ko'rsatdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish