Turkiyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining turk xalqiga nisbatan iliq munosabatlarini biz har doim his qilamiz
Iyul 24, 2025. 12:47 • 2 daq
• 23
ANQARA, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. Turkiya Buyuk Millat Majlisi deputati, O'zbekiston-Turkiya do'stlik guruhi hamraisi Osman Mesten "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston oqil, tajribali, o'z xalqiga mehribon, islohotchi va uzoqni ko'zlab harakat qiluvchi dono rahbarga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan "Yangi O'zbekiston – Uchinchi Renessans" g'oyasi doirasida O'zbekiston so'nggi 8 yilda tub o'zgarishlar va taraqqiyotni boshdan kechirdi. Qishloq xo'jaligi, tekstil, qurilish, oliy va o'rta ta'lim kabi barcha jabhalarda ulkan natijalarga erishmoqda. Shuningdek, Konstitutsiya va huquqni muhofaza qilish sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, inson huquqlari sohasidagi islohotlar izchil davom ettirmoqda. O'zbekistonga tez-tez tashrif buyuradigan inson sifatida mazkur o'zgarishlar va yangilanishlarga bevosita guvohman. Prezident Shavkat Mirziyoyev, ayniqsa, yoshlarga katta e'tibor berish bilan buyuk kelajakning poydevorini yaratyapti.
O'zbekiston chuqur tarix va tamaddun sohibi bo'lgan mamlakat o'laroq, qo'shni mamlakatlar bilan ixtiloflarni birma bir hal etib, Markaziy Osiyoda tinchlik-osoyishtalik muhitini yaratdi. O'z navbatida, ko'p tomonlama faol tashqi siyosati bilan global miqyosda o'z ta'siriga eka mamlakatga aylandi. Shu jihatdan, O'zbekiston faqatgina Markaziy Osiyoning emas, butun dunyoning porloq yulduzidir, deb ayta olamiz.
O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo bo'lishi bilan ushbu tuzilma faoliyati jiddiy o'zgarishlarga yuz tutdi. Turkiy tarix Movarounnahr zaminida ya'ni O'zbekistonda shakllangan. Bu jihatdan, O'zbekistonsiz Turkiy davlatlar tashkilotini tasavvur qilish mumkin emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston-Turkiya munosabatlariga ham alohida ahamiyat qaratmoqda. O'zbekiston va Turkiya yetakchilari o'rtasida qaror topgan samimiy do'stlik va qardoshlik rishtalari ikki davlat xalqlari o'rtasidagi munosabatlarda ham aks etmoqda. Dinimiz, tilimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, madaniyat va tamaddunimiz mushtarakligini inobatga olib, xalqlarimizning ham aslida bir ekanini aytishimiz mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyevning turk xalqiga nisbatan iliq munosabatlarini biz har doim his qilamiz.
Men o'z fikrlarimni ushbu to'rtlik bilan tugatmoqchiman:
O'zbekiston har vaqt tabarruk, doim dildora,
Sog'inch – qalbimda, davosiz yora.
Minoralar chiroq bo'lsa, parvonasiman.
Umrim yetguncha O'zbekistonning devonasiman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari