Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekistonda jadidlar merosini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi
Sentabr 23, 2025. 17:40 • 57 soniya
• 57
ISTANBUL, 23-sentabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekistonda jadidlar merosini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy konferensiya o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjuman O'zbekiston Bosh konsulxonasi va "Turkistonliklarga yordam va madaniyat jamiyati" bilan birgalikda tashkil etildi.
O'zbekiston diplomatlari anjumanning ochilish qismidagi nutqida mamlakatimizda jadidlar xotirasini tiklash va ularning boy merosini kelajak avlodga yetkazish maqsadida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi. O'zbekistonda jadidlar merosini yanada chuqur o'rganish va ularning xotirasini abadiylashtirish bo'yicha muhim farmon va qarorlar qabul qilingani ta'kidlandi. 2001-yildan buyon har yili 31-avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida "Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni" sifatida keng nishonlab kelinayotgani qayd etildi. "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi barpo etildi. "Shahidlar xotirasi" jamoat fondi, Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta'lim muassasalari qoshida uning bo'limlari tashkil etildi.
Turkiya parlamentning sobiq deputati, Turkiyaning sobiq sog'liqni saqlash vaziri, Axat Andijon nutqida O'zbekistonda jadidlar merosini o'rganishga bo'lgan e'tiborni yuksak baholadi.
Shuningdek, konferensiya davomida turkiyalik va o'zbekistonlik olimlarning jadidchilik harakatining turkiy dunyo va O'zbekiston tarixi uchun muhim ahamiyati haqidagi batafsil ma'ruzalari tinglandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari