Bryusseldan munosabat: O'zbekiston tashabbuslari mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish uchun asos bo'lishi mumkin
Iyul 05, 2025. 07:37 • 2 daq
• 71
BRYUSSEL, 5-iyul. /"Dunyo" AA/. Jahon bojxona tashkilotining Yevropa bo'yicha mintaqaviy rivojlanish menejeri Dashkin Aliyev "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-4-iyul kunilari Ozarbayjonga buyurgan davlat tashrifi va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

–O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitidagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga intilayotganini ifodalovchi muhim voqea bo'ldi.
Mintaqaviy rivojlanish va xalqaro tashkilotlarga a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlik nuqtai nazaridan ushbu tashrif savdo, transport, logistika va raqamli transformatsiya kabi turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratdi. Bu sohalar Jahon bojxona tashkiloti maqsadlari uchun, ayniqsa, savdoni osonlashtirish va bojxona boshqaruvini modernizatsiya qilish nuqtai nazaridan bevosita ahamiyat kasb etadi.
Davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishini o'tkazish, shuningdek, oliy darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun turtki bo'lishi mumkin. Bunday formatlar transchegaraviy hamkorlik samaradorligini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi, bu esa o'sib borayotgan tovar ayirboshlash hajmi va xalqaro transport yo'nalishlarini rivojlantirish sharoitida ayniqsa muhimdir.
O'zbekiston Prezidentining Boku shahrining "Oq shahar" mavzesidagi "O'zbekiston" istirohat bog'iga poydevor qo'yish marosimida ishtirok etgani, ayniqsa, e'tiborga molik. Ushbu voqea xalqlar o'rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning mustahkamlanishi ramzi bo'lib, bu barqaror davlatlararo va institutsional hamkorlikning, jumladan, bojxona sohasida ham muhim element bo'lgan o'zaro ishonch muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xonkendida bo'lib o'tgan IHT sammitidagi nutqi, ilgari surgan tashabbuslari alohida e'tiborga loyiq. Tashkilot doirasida muvofiqlashtirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan takliflar mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish uchun asos bo'lishi mumkin. Jahon bojxona tashkilotining mamlakatlarni savdo va bojxona islohotida qo'llab-quvvatlash vakolati nuqtai nazaridan, ushbu tashabbuslar ham mavjud va yangi hamkorlik dasturlari doirasida muhokama qilish uchun qiziqish uyg'otadi.
Ishonchim komilki, ushbu tashrif va umuman sammit natijalari sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qo'shimcha turtki beradi va IHT makonida qo'shma loyihalarni, jumladan raqamlashtirish, tartiblarni o'zaro tan olish va O'rta yo'lakni rivojlantirish bilan bog'liq tashabbuslarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari