Logo

Belgiyadan munosabat: "Samarqand sammiti Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka asos soldi

Aprel 05, 2025. 07:52 • 2 daq

108
Belgiyadan munosabat: "Samarqand sammiti Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka asos soldi

BRYUSSEL, 5-aprel. "Dunyo" AA/. "Buscardini-Communications" mediakompaniyasi bosh direktori va ta'sischisi Antonio Buskardini "Dunyo" AA uchun intervyusida 3-4-aprel kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" birinchi sammiti Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo davlatlari Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim voqea bo'ldi. Ushbu oliy darajadagi forum strategik va istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashda mustahkam asos soldi.

Sammitning eng muhim natijalaridan biri 12 milliard yevrolik "Gateway" investitsiya paketining ishga tushirilishi bo'ldi. Ushbu tashabbus umumiy barqaror va inklyuziv rivojlanish ustuvorliklariga muvofiq transport infratuzilmasi, muhim xom ashyo, toza energiya va raqamlashtirish kabi muhim tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston bo'ylab ko'p sayohat qilgan inson sifatida sammit Samarqandda o'tkazilganidan juda mamnunman. Shahar mintaqaning boy merosini va uning nafaqat geosiyosiy kontekstda, balki yevropalik sayyohlar uchun rivojlanayotgan sayyohlik maskani sifatida ortib borayotgan ahamiyatini aks ettiradi. O'zbekiston va Markaziy Osiyoni kashf etishga arziydigan yo'nalishlar sifatida tanishtirganimdan faxrlanaman.

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta aytganidek, biz ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash orqali iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, kommunikatsiyalar va iqlim o'zgarishi kabi sohalarda bir-birimiz bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishimiz kerak.

Ushbu sammit ana shu niyatning yaqqol dalolatidir va men bu jarayon jadal rivojlanishda davom etishini intiqlik bilan kutaman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish