Bryusseldan munosabat: O'zbekiston geografik cheklovlarni muvaffaqiyatli yengib, ularni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv yo'lida strategik ustunlikka aylantirmoqda
Avgust 06, 2025. 10:17 • 57 soniya
• 63
BRYUSSEL, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. "Eureporter" elektron nashri vakili, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bo'yicha ekspert Derya Soysal "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning "Avaza" milliy turistik hududida bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish yo'li bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bayon qildi:

– Hozirgi kunda O'zbekiston zamonaviy transport yo'laklari va logistika yechimlarini rivojlantirish bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Mamlakatda barqaror transport-logistika infratuzilmasini shakllantirish, savdo yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O'zbekiston bir qator yirik xalqaro loyihalar, jumladan, Transafg'on temir yo'l koridorini yaratish, O'rta transport koridorini rivojlantirish va boshqa loyihalarning tashabbuskori hamda ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu ustuvorliklar milliy rivojlanish strategiyasida markaziy o'rinni egallab, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qilmoqda.
Ko'p vektorli transport strategiyasi allaqachon aniq natijalarni bermoqda. Shuningdek, tranzit hajmi oshib bormoqda, O'zbekistonning Yevroosiyoning asosiy logistika markazi sifatidagi roli mustahkamlanmoqda. Dengizga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati yo'qligiga qaramay, mamlakat geografik cheklovlarni muvaffaqiyatli yengib, ularni global jahon iqtisodiyotiga integratsiyalash yo'lida strategik ustunlikka aylantiryapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari