Misrdan munosabat: "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formati – umumiy mintaqamizning iqtisodiy-transport arxitekturasini shakllantirishda muhim bosqich
Avgust 25, 2025. 07:16 • 2 daq
• 45
QOHIRA, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Markaziy Osiyo bo'yicha ekspert Axmad Tarabek (Misr) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

– Avazada bo'lib o'tgan uch tomonlama sammit Misr ekspert doiralari o'rtasida katta qiziqishga sabab bo'ldi.
Misrlik ekspertlar bu tashabbusni Markaziy Osiyodagi geoiqtisodiy dinamika, energetika salohiyati va diplomatik faollik kontekstida baholash barobarida, "Sharq-G'arb" tranzit koridorini shakllantirishdagi strategik bosqich sifatida ko'rmoqda.
Misrning Sues kanali bilan raqobatdan ko'ra, Misr port infratuzilmasi bilan integratsiyalashuv imkoniyati mavjud deb hisoblanmoqda. Loyihaning muvaffaqiyati tranzit hududlardagi barqarorlik, raqamlashtirish, tariflarni uyg'unlashtirish va Kaspiyda logistika markazlarini rivojlantirishga bog'liq.
Energetika sohasida "yashil" tashabbuslar va qayta tiklanadigan manbalar bo'yicha tajriba almashishga, shuningdek, qo'shma investitsiya loyihalariga qiziqish bildirilyapti.
Tahlillar rasmiy Toshkentning tashabbuskorligini, formatning pragmatik va ideologiyadan xoli manfaatlar koalitsiyasi sifatidagi ahamiyatini hamda Janubiy Kavkazdagi tinchlikka qaratilgan qadamlarni olqishlamoqda.
Turkmaniston esa neytrallik doirasida "integratsiyaga tayyor" hamkor sifatida ko'rilmoqda.
Umuman olganda, mazkur sammit Qohirada umumiy mintaqamizning iqtisodiy-transport arxitekturasini qayta shakllantirishda muhim bosqich sifatida baholanmoqda. Misr uchun u logistika, energetika va tashqi siyosiy pozitsiyalarni mustahkamlashda yangi strategik imkoniyatlar eshigini ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari