Logo

Misrdan munosabat: Kuchli yetakchi boshchiligidagi o'zbek diplomatiyasi tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda

Iyun 26, 2025. 14:45 • 2 daq

38
Misrdan munosabat: Kuchli yetakchi boshchiligidagi o'zbek diplomatiyasi tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda

QOHIRA, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Misrning "Al-Diplomasi" axborot agentligi bosh muharriri Ashraf Abu Arafa "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-25-iyun kunlari Mo'g'ulistonga buyurgan davlat tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Tashrif ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlash yo'lidagi tarixiy va strategik muhim qadam bo'ldi. Men mintaqani o'rganuvchi inson sifatida O'zbekistonning Osiyo davlatlari bilan do'stlik va o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan izchil diplomatiyasiga qoyil qolaman.

Davlat tashrifi, ayniqsa, ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir. Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzolanishi yuksak ishonch darajasini ko'rsatib, O'zbekiston-Mo'g'uliston munosabatlarida yangi davrni ochdi.

O'zbekiston rahbari tashrifning iqtisodiy kun tartibi o'z ko'lami bilan hayratlanarli: sanoat kooperatsiyasidan qishloq xo'jaligi va ekoturizmgacha. Ulan-Batorda O'zbekiston mahsulotlari savdo uyining ochilishi shunchaki tadbir emas, balki savdo aloqalarini mustahkamlash yo'lidagi haqiqiy qadamdir. Poytaxtlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar, qo'shma loyihalar va ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish – bularning barchasi ikki mamlakat xalqlariga sezilarli foyda keltiradi.

Tashrif bilan birga Mo'g'ulistonda O'zbekiston madaniyati kunlari ham o'tgani quvonarlidir. Bunday tadbirlar nafaqat madaniy yaqinlashuvga, balki xalqlar o'rtasida mustahkam insoniy rishtalarning shakllanishiga xizmat qiladi.

Ishonchim komilki, aynan shunday tashriflar O'zbekistonning mas'uliyatli, ochiq va uzoqni ko'ra oladigan davlat sifatidagi zamonaviy qiyofasini shakllantiradi. Bu kuchli yetakchi rahbarligidagi diplomatiya tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga ko'maklashayotganiga yaqqol misoldir.

Men har ikki davlatni ushbu ajoyib voqea bilan tabriklayman!

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish