Logo

O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari mamlakatning g'oyalar va innovatsiyalar yaratish markaziga aylanishga bo'lgan intilishini namoyon etmoqda

Sentabr 26, 2025. 16:32 • 3 daq

128
O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari mamlakatning g'oyalar va innovatsiyalar yaratish markaziga aylanishga bo'lgan intilishini namoyon etmoqda

DEHLI, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. "Vivekananda jamg'armasi" tahliliy markazi katta ilmiy xodimi Pravesh Gupta (Hindiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi: 

  – Ushbu nutq qat'iy va izchil islohotlarni amalga oshirayotgan o'rta kattalikdagi mamlakatlar ham tobora tarqoqlashib borayotgan bugungi dunyoda muvozanat, muloqot va konstruktiv hamkorlikni himoya qilishda nufuzli ovozga aylana olishini isbotladi. Prezident o'z nutqini ziddiyatlar kuchayib, xalqaro institutlar zaiflashib, tengsizlik ortib borayotgan bugungi murakkab, tez o'zgaruvchan global vaziyatga baho berishdan boshladi. Shu nuqtai nazardan, u O'zbekistonni yana-da adolatli va inklyuziv jahon tartibotini shakllantirishda faol hamkor sifatida taqdim etdi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar e'tiborga loyiq: kambag'allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha pasaydi, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bolalar soni deyarli uch baravarga oshdi, oliy ta'lim olish imkoniyati esa besh karra kengaydi. Fan, "yashil" energetika va infratuzilmaga yo'naltirilgan sarmoyalar bilan mustahkamlangan bu yutuqlar siyosiy iroda qanday qilib sezilarli ijtimoiy taraqqiyotga aylanganini yaqqol namoyish etmoqda. Butunjahon professional ta'lim sammitini o'tkazish va bolalardagi saraton kasalligiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tashabbuslar O'zbekistonning g'oyalar va innovatsiyalar yaratish markaziga aylanishga bo'lgan intilishini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.

Mening fikrimcha, O'zbekiston rahbari nutqining o'zagini Yangi Markaziy Osiyo konsepsiyasi tashkil qildi. U BMT Bosh Assambleyasiga bor-yo'g'i sakkiz yil oldin mintaqa yopiq chegaralar va hal etilmagan nizolar bilan to'lib-toshganini eslatdi. Bugun esa faol diplomatiya va mintaqaviy maslahatlashuv jarayonlari samarasida Markaziy Osiyo tinchlik, hamkorlik va iqtisodiy integratsiya hududiga aylanmoqda. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi karralarga oshmoqda, ko'plab infratuzilma loyihalari hayotga tadbiq etilmoqda, yangi qo'shma institutlar yaqin qo'shnilar o'rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlamoqda. O'zbekiston BMTni ushbu sa'y-harakatlarni rezolyutsiyalar, yangi rivojlanish forumlari va "yashil" texnologiyalar markazlari orqali rasman tan olishga chaqirar ekan, Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimida mustaqil kuchga aylanayotganini isbotlamoqda.

Global boshqaruv masalalarida Shavkat Mirziyoyev BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish va rivojlanayotgan mamlakatlarning ko'proq vakilligini talab qiluvchi ovozlar soni ortib borayotganiga qo'shildi. U BMTni dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlarga ko'proq e'tibor qaratishga, global bog'liqlikni kuchaytirishga, suv tanqisligi va iqlim migratsiyasi kabi muammolarni shoshilinch jamoaviy chaqiriqlar sifatida ko'rib chiqishga chaqirdi. Uning Suvni tejash bo'yicha butunjahon forumini o'tkazish va iqlim migratsiyasi muammolari bo'yicha Global paktni qabul qilish to'g'risidagi takliflari uzoqni ko'zlagan bo'lib, Orol dengizining mahalliy fojiasini barqaror rivojlanishning umumbashariy muammolari bilan bog'laydi.

Geosiyosiy sohada O'zbekistonning pozitsiyasi o'ta muvozanatli bo'lmoqda. Nutqda G'azo masalasida ikki davlat tamoyili qo'llab-quvvatlandi va harbiy harakatlarni to'xtatishga chaqirildi. Ukraina atrofidagi vaziyatga kelsak, yuqori darajadagi muloqotlar boshlangani olqishlandi hamda qarama-qarshilik emas, balki diplomatiya muhimligi ta'kidlandi. Afg'oniston masalasida xalqaro hamjamiyat ushbu mamlakatni yakkalab qo'ymaslikka, aksincha,

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish