Logo

Erondan munosabat: O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik maqomini olmoqda

Iyun 12, 2025. 09:26 • 2 daq

35
Erondan munosabat: O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik maqomini olmoqda

TEHRON, 12-iyun /"Dunyo" AA/. "Ala Tejarat Mahad Qabous" kompaniyasi boshqaruvi raisi Sulaymon Xivechi "Dunyo" AA uchun intervyusida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning 8-10-iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirayotgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– So'nggi yillarda O'zbekiston bilan Slovakiya o'rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va ko'p tomonlama shakllarda jadal kengayib borayotgani hamda strategik sheriklik maqomini olayotganiga guvoh bo'ldik.

Xususan, Toshkent shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.

Bugungi kunga qadar ikki davlat o'rtasida amalga oshirilgan o'zaro tashriflar natijalari O'zbekiston-Slovakiya hamkorligini yana-da rivojlantirish, Toshkent va Bratislava o'rtasidagi keng siyosiy muloqot va jamoatchilik bilan aloqalarni chuqurlashtirishni ta'minladi.

Bundan tashqari, ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik izchil oshib borayotganini ko'rmoqdamiz, may oyida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig'ilishi samarali o'tkazildi. Kooperatsiyaning qator yangi yo'nalishlari va loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

Ishonchim komilki, O'zbekiston va Slovakiya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun yana-da keng imkoniyatlar va salohiyatga ega.

Shu bilan birga, ustuvor loyihalarni moliyalashtirish qo'shma jamg'armasini tashkil etish orqali muhim investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalasiga tomonlar yuqori qiziqish bildirmoqda.

Slovakiyaning yetakchi kompaniyalari bilan agrosanoat majmuasi, avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, yashil energetika va turizm sohasidagi loyihalar bo'yicha to'liq ko'lamli sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o'zaro munosabatlarning erishilgan darajasida to'xtamasdan, ko'p qirrali O'zbekiston-Slovakiya hamkorligini yana-da kengaytirish uchun hali foydalanilmagan salohiyatdan samarali foydalanish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish