Logo

Erondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari SHHT doirasidagi asosiy vazifalarga aylanishi kerak

Sentabr 04, 2025. 16:50 • 2 daq

44
Erondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari SHHT doirasidagi asosiy vazifalarga aylanishi kerak

TEHRON, 4-sentabr. /"Dunyo" AA/. Xalqaro munosabatlar va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha ekspert Omid Rahimiy (Eron) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 31-avgust – 1-sentabr kunlari Xitoyning Tyanszin shahrida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki to'g'risidagi fikrlarini bayon qildi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 1-sentabr kuni bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitidagi nutqi bilan tanishar ekanman, davlatingiz rahbarining SHHTni yana-da rivojlantirishga qaratilgan g'oyat muhim tashabbuslariga alohida e'tibor qaratdim.

Xalqaro siyosiy va iqtisodiy vaziyat o'zgarib borayotgan hozirgi sharoitda O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari o'z vaqtida va SHHT doirasidagi asosiy vazifalarga aylanishi kerak.

O'zbekiston mintaqa uchun muhim tashabbuslari bilan ikki asosiy maqsadni ko'zlagan. Ular iqtisodiy xavfsizlik imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

O'zbekiston Prezidenti, xalqaro munosabatlar tizimidagi tub o'zgarishlar, geosiyosiy keskinlik va mojarolar avj olgani, global barqarorlik hamda barqaror rivojlanish uchun yangi xavf va tahdidlar yuzaga kelgani, ekologiya, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi muammolar kuchayib borayotganini qayd etdi.

U, shuningdek, SHHTni izchil kengaytirish, uning muloqot bo'yicha sheriklari tarkibiga yangi a'zolarni, jumladan, boshqa mintaqa davlatlarini qo'shish zarurligini, bu tashkilotni "Global Janub" mamlakatlari bilan hamkorlik platformasiga aylantirishga yordam berishini ta'kidladi.

O'zbekiston Prezidentining tinchlik va barqarorlikni ta'minlash yo'lida mintaqaviy integratsiya, barqaror taraqqiyotga erishish bo'yicha maqsadlarni belgilash kabi muhim global muammolarga oid qarashlari O'zbekistonni mintaqaning yetakchi davlatiga aylantirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish