Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tashabbuslari nafaqat SHHT nufuzini mustahkamlash, balki butun Yevroosiyo makonini rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini belgilashga qodir
Sentabr 03, 2025. 04:36 • 3 daq
• 68
MADRID, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. San Pablo universiteti professori Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha mutaxassis Antonio Alonso (Ispaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-avgust – 1-sentabr kunlari Xitoyning Tyanszin shahrida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tyanszin shahrida bo'lib o'tgan SHHTga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi mazmunli va serqirra nutqi uchun chuqur hurmat va minnatdorlik bildiraman. Uning har bir taklifi nafaqat deklarativ, balki amaliy xarakterga ega bo'lib, hamkorlikni mustahkamlash va tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Avvalo, O'zbekiston Prezidentining xavfsizlik sohasidagi tashabbuslarini alohida ta'kidlash joiz. SHHTning Yadro xavfsizligi bo'yicha deklaratsiyasini qabul qilishga chaqiriq O'zbekistonning global barqarorlik masalalari bo'yicha mas'uliyatli pozitsiyasini aks ettiradi. Bu nafaqat BMT shafeligida yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimini mustahkamlaydi, balki barqaror taraqqiyot manfaatlari yo'lida tinch atom energetikasini rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, "SHHT-Afg'oniston" muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklash taklifi strategik ahamiyatga ega. Ushbu muloqot guruhi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shma yondashuvlarni ishlab chiqish va afg'on jamiyati bilan muloqot qilish imkonini beradi, bu esa, shubhasiz, mintaqaning umumiy xavfsizligiga ta'sir qiladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi takliflar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi. Shanxay hamkorlik tashkilotining muhim materiallar mintaqaviy markazi, energetika konsorsiumi va venchur kompaniyalar tarmog'ining tashkil etilishi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tubdan yangi istiqbollarini ochadi. Bu qadamlar SHHTni haqiqiy sanoat kooperatsiyasi va texnologik yutuq platformasiga aylantiradi. "SHHT Yagona transport makonini" shakllantirish va uni "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi bilan uyg'unlashtirishga qaratilayotgan e'tibor mintaqaning logistikaviy o'zaro bog'liqligini uzoqni ko'zlab tushunishni aks ettiradi va savdoning barqaror o'sishi uchun zamin yaratayotganini alohida ta'kidlamoqchiman.
Uchinchidan, gumanitar hamkorlik sohasidagi tashabbuslar ham ahamiyatli ko'rinmoqda. Xalqaro xalq ijodiyoti festivalini o'tkazish, "SHHT universiteti"ning onlayn-kampusini ishga tushirish, sayyohlik yo'lagini rivojlantirish g'oyalari e'tirofga loyiq. Bular "xalq diplomatiya" institutini mustahkamlovchi, bilim, madaniy boyliklar almashinuvi uchun shart-sharoit yaratuvchi va ishtirokchi davlatlar o'rtasida chinakam hamjihatlik tuyg'usini shakllantiradigan loyihalardir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqida xalqaro vaziyatning chuqur tahlili va amaliy yechimlar uzviy mujassamlashganini alohida ta'kidlamoqchiman. U zamonamizning asosiy muammolari – o'zaro ishonch inqirozi, ko'p tomonlama institutlarning zaiflashuvi, jahon iqtisodiyotining parchalanishini to'g'ri belgilab berdi va ularni bartaraf etishning aniq yo'llarini taklif qildi.
Shu tariqa O'zbekiston Prezidenti uzoqni ko'ra olish, siyosiy yetuklik, adolat va hamjihatlik g'oyalariga sadoqatini namoyon etdi. Uning tashabbuslari nafaqat SHHTning asosiy xalqaro tashkilot sifatidagi nufuzini mustahkamlash, balki butun Yevroosiyo makonini rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini belgilashga qodir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari