Logo

Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga tashrifi siyosiy muloqot va iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi

Iyul 04, 2025. 07:08 • 58 soniya

90
Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga tashrifi siyosiy muloqot va iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi

MADRID, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. San-Pablo universiteti Ijtimoiy tadqiqotlar instituti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha ekspert Antonio Alonso (Ispaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-4-iyul kunlari Ozarbayjonga buyurgan davlat tashrif haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi bugungi kunda yuksalib borayotgan o'zbek-ozarbayjon munosabatlari rivojida muhim bosqich bo'ldi. Oliy darajadagi muzokaralar va 2 iyul kuni o'tkazilgan oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishida ishtirok etish strategik sheriklikning yangi yo'nalishlarini belgilash va boshqa asosiy jabhalarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Muzokaralar yakunlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikka yangi sur'at baxsh etadigan mustahkam ikki tomonlama hujjatlar to'plami imzolangani ayniqsa muhimdir.

Tashrifning boy gumanitar qismini alohida aytib o'tish joiz. Davlatingiz rahbarining "Oq shahar" mavzesida "O'zbekiston" istirohat bog'iga poydevor qo'yishi va O'zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etishi ikki xalqlar o'rtasidagi qardoshlik rishtalarining ramziy ma'nosini ta'kidlaydi. Shusha, Ag'dam va Xonkendidagi madaniy dasturlar esa ishonch, o'zaro yordam va tinch hamda bunyodkor kelajakka intilish ortib borayotganining yorqin namunasi bo'lib xizmat qiladi.

Ishonchim komilki, tashrif siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy sheriklikni kengaytirish va O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish