Ispaniyadan munosabat: Turkmanboshi sammiti umumiy mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir
Avgust 23, 2025. 12:59 • 2 daq
• 46
MADRID, 23-avgust. /"Dunyo" AA/. San-Pablo universiteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha mutaxassis Antonio Alonso (Ispaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

– Xalqaro munosabatlarni kuzatuvchi mutaxassis sifatida O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ishonchli va uzoqni ko'ra oladigan hamkor sifatida o'z mavqeini ishonch bilan mustahkamlab borayotganini alohida ta'kidlamoqchiman. So'nggi yillarda aynan uning siyosiy irodasi O'zbekiston-Turkmaniston va O'zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Imzolangan strategik hujjatlar, muntazam uchrashuvlar va qo'shma loyihalar mustahkam huquqiy asos yaratib, hamkorlikni chuqurlashtirish uchun keng istiqbollarni ochdi.
Ayniqsa, strategik yo'nalishlar – energetika, transport-logistika, sanoat kooperatsiyasi va qishloq xo'jaligi sohalarida amaliy hamkorlikka e'tibor qaratilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga qo'shma korxonalar, yirik infratuzilma loyihalari va hatto "Markaziy Osiyo – Ozarbayjon – Yevropa "yashil" energiya yo'lagi"ni ishga tushirish misol bo'la oladi. Bu nafaqat yetakchilarning uzoqni ko'ra bilishini, balki ekologik barqarorlikni ta'minlash global ustuvor vazifaga aylanib borayotgan zamonamizning muammolariga ham javob beradi.
Iqtisodiy sohada erishilayotgan natijalar hayratlanarli. O'zbekiston bilan Turkmaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal sur'atlar bilan o'sib bormoqda, qo'shma korxonalar soni yuzlab, kapitali million dollarlik sarmoyaviy kompaniyalar yangi tashabbuslar uchun ishonchli platforma bo'lib xizmat qilmoqda. Bularning barchasi nafaqat o'z davlatini rivojlantirish, balki Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda yagona farovonlik makonini yaratishga intilayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol va izchil siyosati bilan bevosita bog'liq.
Biroq, biz gumanitar komponent haqida unutmasligimiz kerak. Xalqlar o'rtasidagi iliq rishtalar – mushtarak tarix, madaniyat, an'analar, buyuk shoir va mutafakkirlar merosiga hurmat bilan munosabatda bo'lish ma'naviy birlik va o'zaro ishonchga zamin yaratadi. Madaniyat markazlarini qo'llab-quvvatlash, festivallar, ijodiy tadbirlar o'tkazish davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekiston-Ozarbayjon-Turkmaniston" sammiti bu yo'lda muhim qadam bo'ladi. Bu uch tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi, strategik manfaatlarni muvofiqlashtirishning qo'shimcha mexanizmlarini yaratadi va yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda sa'y-harakatlarni birlashtirish imkonini beradi.
O'zbekiston bu jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylanib, qo'shnilarini yanada yaqin hamkorlikka ruhlantirdi, desak xato bo'lmaydi. Mazkur sammit nafaqat yetakchilarning uchrashuvi, balki umumiy mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlash yo'lidagi haqiqiy qadamdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari