Logo

Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidenti mamlakatning barqaror rivojlanishga o'tish jarayonini tezlashtirmoqda

Iyul 24, 2025. 11:10 • 2 daq

48
Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidenti mamlakatning barqaror rivojlanishga o'tish jarayonini tezlashtirmoqda

SHANXAY, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. "Shanghai SUS Environment Co. Ltd" kompaniyasi rotatsion bosh direktori Fan Vey (Xitoy) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

 – Bizning "Shanghai SUS Environment Co. Ltd" kompaniyamiz o'z faoliyatini 2008-yilda boshlagan. U asosan chiqindilarni qayta ishlash, ulardan energiya olish, ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiquvchi zararli chiqindilarni kamaytiruvchi uskunalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

2024-yilda "SUS Environment" kompaniyasi O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi hamda boshqa bir qator vazirliklar bilan mamlakatingizda investitsion loyihani amalga oshirish maqsadida muzokaralar o'tkazdi.

Shuningdek, 2024-yilda kompaniyamiz rahbari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga O'zbekistonda rejalashtirilgan loyihalar haqida taqdimot qildi.

"Shanghai SUS Environment" jori yilda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to'g'ridan-to'g'ri 310 million dollar investitsiya kiritib, ikkita zavod qurish ishlarini rejalashtirmoqda. Ularda kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 480 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

28-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida zavod uchun yer maydoni belgilanib, qurilish jarayoni boshlandi. 18-iyul kuni Samarqand shahar hokimi va Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni agentligi direktori ishtirokida maydonni tekislash ishlari boshlandi. Ularning ta'kidlashicha, qurilish sanoat zavodlarini loyihalashdagi an'anaviy cheklovlarni bartaraf etadi, ming yillik madaniy merosni birlashtiradi va uni shaharning diqqatga sazovor joyiga aylantiradi.

Maqsadimiz Samarqand loyihasini Markaziy Osiyo uchun uch bosqich – ilg'or, ekologik toza va samarali, Xitoy-O'zbekiston hamkorligi yutuqlari ko'rgazmasi sifatida taqdim etish.

So'nggi yillarda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatingizda chiqindilarni boshqarish bo'yicha qat'iy siyosat va qayta tiklanadigan energiyaga oid ulkan maqsadlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatingiz hukumatning tashabbuslari va mahalliy talabning ortib borayotganiga javoban biz O'zbekistonning chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bozoriga kirib, mamlakatning barqaror o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun ilg'or texnologik yechimlarni taqdim etamiz.

Kompaniyamiz kelgusida ham O'zbekistonni yanada rivojlanishiga, zamon talabiga javob beradigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari va turli yo'nalishdagi Xitoyning yirik ilg'or kompaniyalarini jalb etishga o'z hissasini qo'shishda davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish