Xitoydan munosabat: Rejalashtirilgan tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O'zbekiston va Mo'g'ulistonning iqtisodiyotini va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi
Iyun 26, 2025. 10:11 • 2 daq
• 54
GUANCHJOU, 26-iyun. "Dunyo" AA/. Xitoyning "InterContinantal Group" kompaniyasi prezidenti, Szyansi moliya va iqtisodiyot universiteti professori, doktor Albert Tam "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-25-iyun kunlari Mo'g'ulistonga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy davlat sifatida ko'p tomonlama aloqalarni izchil kengaytirib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo'g'ulistonga tashrifi, shubhasiz, sheriklikni diversifikatsiya qilish strategiyasining bir qismi bo'lib, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab beradi.
O'zbekiston rahbarining ushbu mamlakatga ilk davlat tashrifi davomida bo'lib o'tgan oliy darajadagi muzokaralar g'oyat ramziy va amaliy ahamiyatga ega bo'lib, unda asosiy e'tibor iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratildi.
Muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar o'zaro manfaatli yo'nalishlarning keng doirasini qamrab olgan bo'lib, ular aniq tashabbuslar bilan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Shubhasiz, Ulan-Batorda savdo uyining ochilishi, sog'liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo'jaligi va qurilish materiallari sohasida ilk qo'shma loyihalarning ishga tushirilishi ijobiy dinamika yaratmoqda.
Transport aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti. Ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarni yo'lga qo'yish va yangi logistika yo'laklarini o'rganish rejalari strategik ahamiyatga ega.
Ishonchim komilki, rejalashtirilgan tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi har ikki davlatning iqtisodiyoti va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari