Logo

Qirg'izistondan munosabat: O'zbekiston Janubiy Kavkazda siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlamoqda

Iyul 06, 2025. 07:35 • 47 soniya

55
Qirg'izistondan munosabat: O'zbekiston Janubiy Kavkazda siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlamoqda

BISHKEK, 6-iyul /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonlik mustaqil ekspert, siyosatshunos Mars Sariyev "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-4-iyul kunilari Ozarbayjonga buyurgan davlat tashrifi va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib bormoqda, bu 2024 yilda imzolangan Ittifoqchilik shartnomasida ham o'z tasdig'ini topgan. 2030-yilga borib o'zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsadlari belgilab berildi, 2025 yil "Iqtisodiy hamkorlik yili" deb e'lon qilindi.

Bu galgi tashrif chog'ida keng ko'lamli kelishuvlar to'plami imzolangani ham tomonlarning uzoq muddatli o'zaro manfaatli hamkorlikka intilishidan dalolat beradi.

Bokuda O'zbekiston elchixonasining yangi binosining ochilishi diplomatik infratuzilma kengayishi ramziga aylandi.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston Janubiy Kavkazda o'zining siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlamoqda. "O'rta yo'lak" kun tartibi faollashmoqda. Bu har ikki davlat transport-logistika hamkorligini oshirib, Rossiya va Xitoy orqali o'tadigan yo'nalishlarga muqobil yo'nalish yaratmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish