Logo

Nyu-Yorkdan munosabat: Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni rezolyutsiyasi nafaqat yo'qotganlarimizni eslash, balki shoshilinch va zarur choralarni ko'rish uchun ham xizmat qiladi

May 02, 2025. 07:07 • 2 daq

726
Nyu-Yorkdan munosabat: Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni rezolyutsiyasi nafaqat yo'qotganlarimizni eslash, balki shoshilinch va zarur choralarni ko'rish uchun ham xizmat qiladi

NYU-YORK, 2-may. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha boshqarmasining Nyu-York ofisi rahbari Toni-Sha Frekleton "Dunyo" AA uchun intervyusida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O'zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan "29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e'lon qilish to'g'risida"gi rezolyutsiya haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Biz 29-aprel sanasini Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e'lon qilish to'g'risidagi rezolyutsiyani qabul qilish bilan butun dunyoda zilzilalarning jamiyatlarga chuqur ta'sirini e'tirof etish yo'lida muhim qadam qo'ydik. Tashabbus O'zbekiston, Chili va Filippin tomonidan ilgari surilgan.

BMT Bosh Assambleyasi zilziladan omon qolganlarni qo'llab-quvvatlash va kelajakdagi seysmik tahdidlarga jamoaviy chidamliligimizni kuchaytirish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Ushbu xalqaro kun nafaqat yo'qotganlarimizni eslash, balki shoshilinch va zarur choralarni ko'rish uchun ham xizmat qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha ofisi mamlakatlarni ushbu tashabbusni hayotga tadbiq etishda risklarni tushunishni chuqurlashtirish, boshqaruvni takomillashtirish, barqarorlikka investitsiya kiritish va oldingidan ham mustahkam binolarni qurishga tayyorgarlik ko'rish orqali qo'llab-quvvatlashga tayyor.

Biz ofisimizga ushbu kunga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazish uchun bildirilgan ishonchni juda qadrlaymiz. Ammo uning ko'lami va ta'siri a'zo davlatlarning jamoaviy qo'llab-quvvatlashi va hissalariga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, biz mazkur sanada xabardorlikni oshirish, jabrlanganlar bilan birdamlikni shakllantirish va kelajak avlodlar uchun zilzila xavfini kamaytirishda haqiqiy yutuqlarga erishish uchun kuchli katalizatorga aylanishimiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish