Logo

O'mondan munosabat: "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri chindan ham ajoyib va ilhomlantiruvchi tajriba bo'ldi

Aprel 25, 2025. 10:38 • 2 daq

84
O'mondan munosabat: "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri chindan ham ajoyib va ilhomlantiruvchi tajriba bo'ldi

MASKAT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. O'monning "Green Oasis Agriculture Oman" kompaniyasi rahbari Muhammad Saad Ali "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Zomindan chinakam esda qolarli safardan qaytar ekanman, bunday puxta tashkil etilgan va samarali biznes-forumda ishtirok etish imkoniyati uchun minnatdorlik bildiraman.

Shuningdek, ushbu forum uchun bunday go'zal maskanni tanlaganingiz uchun tashakkur. Zomin tabiatining go'zalligi ushbu tadbirga o'ziga xos joziba qo'shdi.

Forumning yuqori darajada tashkil etilganini e'tirof etish kerak. U nafaqat O'zbekiston, xususan, Jizzax viloyatidagi katta salohiyat va imkoniyatlarni namoyish etishda axborot manbasi bo'ldi, balki muhim sanoat yetakchilari va hukumat vakillari bilan aloqalarni o'rnatish uchun samarali maydonga aylandi. Hududiy hokimiyatlarning xorijiy biznesga ochiqligi va faol yondashuvi tahsinga loyiq. Bunday yondashuv esa uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Yana bir jihat – bu O'zbekiston Prezidentining ushbu hududni rivojlantirishga bo'lgan qat'iy e'tiboridir. Uning investitsiya va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratish yo'lidagi harakatlari forum davomida yaqqol namoyon bo'ldi. Yurtingizning barcha go'shalarida yaqqol ko'rinayotgan taraqqiyot va imkoniyatlar uning yetakchiligi va barqaror o'sish hamda xalqaro hamkorlikka sodiqligidan dalolat beradi.

Ushbu forumning muvaffaqiyatli o'tishiga hissa qo'shgan barchani chin yurakdan tabriklayman. "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri chindan ham ajoyib va ilhomlantiruvchi tajriba bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish