Logo

Polshadan munosabat: O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma ikki mamlakatning ortga qaytmas va yaxshi qo'shnichilik siyosatining navbatdagi bosqichidir

Aprel 20, 2024. 11:14 • 1 daq

108
Polshadan munosabat: O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma ikki mamlakatning ortga qaytmas va yaxshi qo'shnichilik siyosatining navbatdagi bosqichidir

VARSHAVA, 20-aprel. /"Dunyo" AA/. "Polsha-Sharq" uyushmasi prezidenti Yusef Bril "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-19-aprel kunlari Tojikistonga buyurgan tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

— O'zbekiston mintaqada asosiy geosiyosiy o'rinni egallaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan xalqaro maydonlardagi tashabbuslar jahon hamjamiyatining alohida e'tiboriga loyiqdir. O'zbekiston Prezidentining sa'y-harakatlari natijasida mintaqada do'stona muhit shakllandi, mamlakatlar o'rtasida yaxshi qo'shnichilik munosabatlari o'rnatildi.

O'zbekiston yetakchisining Tojikistonga navbatdagi tashrifi ikki mamlakat rahbarlari o'rtasida o'zbek va tojik xalqlari manfaati yo'lida olib borilayotgan konstruktiv muloqotning yana bir tasdig'idir.

Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, mamlakatlar o'rtasida ko'plab o'z yechimini kutayotgan muammolar bor edi. O'zbekiston Prezidentining 2018-yil mart oyida, 18 yil ichida birinchi marta Tojikistonga tarixiy tashrifi ushbu masalalarni yechishda katta rol o'ynadi.

Albatta, ushbu tashrif mintaqalararo aloqalarni yanada yaqinlashtirishga, ikki qo'shni davlat xalqlarining ko'p asrlik mushtarak va tarixiy aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi hamda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi tarixiy shartnomani imzolanishi strategik sheriklikdan keyin mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarning eng yuqori darajasi bo'lib, bu ikki mamlakatning ortga qaytmas va yaxshi qo'shnichilik siyosatining navbatdagi bosqichidir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish