Logo

Varshavadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining SHHT sammitidagi nutqidagi takliflar nafaqat tashkilot faoliyati, balki jahon siyosatidagi global tendensiyalar uchun ham muhim

Sentabr 07, 2025. 11:10 • 2 daq

106
Varshavadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining SHHT sammitidagi nutqidagi takliflar nafaqat tashkilot faoliyati, balki jahon siyosatidagi global tendensiyalar uchun ham muhim

VARSHAVA, 7-sentabr. /"Dunyo" AA/. Polsha tabiiy-gumanitar fanlar universiteti professori, doktor Yeji Shukalskiy "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-avgust – 1-sentabr kunlari Xitoyning Tyansin shahrida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) yubiley, yigirma beshinchi sammitida nafaqat mzkur tashkilotga a'zo davlatlar, balki BRIKS deb ataladigan guruhga kiruvchi davlatlarning yigirmadan ortiq rahbarlari ishtirok etdi.

O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida nafaqat Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati, balki jahon siyosatidagi global tendensiyalar uchun ham muhim bo'lgan qator muhim masalalarga e'tibor qaratdi.

Mamlakatingiz yetakchisi xalqaro maydonda qarama-qarshilik tendensiyasi kuchayib borayotganidan chuqur tashvish bildirdi va mojarolarga barham berish, o'zaro ishonchni tiklash, tinch-totuv yashashni ta'minlash va xalqaro huquq normalariga qat'iy rioya etish zarurligini ta'kidladi.

O'zbekistonning ushbu tashabbusi mintaqada ishonch va muloqot muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

O'zbekiston Prezidentining nutqi SHHT strategik kun tartibini shakllantirishga qo'shilayotgan salmoqli hissa bo'lib, mamlakatning tinchlik, barqarorlik va o'zaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi izchil yo'nalishini tasdiqlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, SHHTni rivojlantirish bo'yicha qator takliflarni ham bildirdi. Xususan, SHHTni kengaytirish, noaniqlik sharoitida xalqaro maydonda uning ovozini kuchaytirish, ishonchning yangi mexanizmlarini joriy etish, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikni ta'minlash kabi takliflar e'tiborga molik.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish