Polshadan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tomonidan SPEKA mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo'yicha ilgari surilgan yangi taklif, g'oya va tashabbuslar dolzarb va muhim ahamiyatga ega
Noyabr 27, 2023. 07:37 • 2 daq
• 326
VARSHAVA, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. "Polsha-Osiyo" Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski "Dunyo" AA uchun intervyusida 24-noyabr kuni Bokuda bo'lib o'tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) sammiti yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

- Biz Polshada O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Uning Bokuda bo'lib o'tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitidagi ishtiroki natijalarini yuqori baholaymiz.
Keyingi yillarda mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo'shnichilik va ishonch muhiti, Markaziy Osiyoda chuqurlashib borayotgan integratsiya jarayonlari barchamizda katta qiziqish uyg'otmoqda.
O'zbekiston Prezidenti tomonidan SPEKA mamlakatlari o'rtasida "yashil" iqtisodiyot, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, logistika, muqobil energiya, "aqlli" qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani yaratish bo'yicha ilgari surilgan yangi taklif, g'oya va tashabbuslar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Polshada yangi hukumat tuzilganidan keyin Markaziy Osiyo Varshava tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'ladi. Biz 2019-yilda qabul qilingan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha yangi strategiyasini to'liq amalga oshirish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz. Bu mintaqaviy hamkorlikdagi ijobiy o'zgarishlarni rag'batlantiradi va mintaqaning Yevropa Ittifoqi manfaatlari uchun ortib borayotgan strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
Yevropa Ittifoqi, shu jumladan Polsha, Markaziy Osiyoning strategik geografik joylashuvi, ulkan energiya resurslari, muhim bozor salohiyati hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi rolini hisobga olgan holda shu mintaqada muhim manfaatlarga ega.
Varshava Toshkentning Markaziy Osiyo va Yevropa o'rtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini, birinchi navbatda, Transkaspiy tranzit yo'lagini shakllantirish orqali rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi. Ishonchim komilki, Polshaning yangi hukumati Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun mablag' ajratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari