Logo

Rossiyadan munosabat: O'zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi o'rinlarni egallab, o'zini-o'zi ta'minlaydigan, kelajagiga ishongan davlat sifatida namoyon bo'lmoqda

Iyul 24, 2025. 11:47 • 57 soniya

133
Rossiyadan munosabat: O'zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi o'rinlarni egallab, o'zini-o'zi ta'minlaydigan, kelajagiga ishongan davlat sifatida namoyon bo'lmoqda

MOSKVA, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning "Milliy mudofaa" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– So'nggi yillarda O'zbekiston jadallik bilan olg'a intilayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Mamlakat o'zini yangilamoqda, xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi o'rinlarni egallab, o'zini-o'zi ta'minlaydigan, kelajagiga ishongan davlat sifatida namoyon bo'lmoqda.

Albatta, bunday ijobiy o'zgarishlar bevosita O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyati bilan bog'liq. U boy amaliy tajribaga ega tajribali va samarali siyosatchi. Davlatingiz rahbari uzoq vaqt davomida hukumatga rahbarlik qilib, mamlakatni rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini nazorat qilib keldi. Bugun esa Prezident sifatida o'ziga yuklangan vazifalarni ishonchli va samarali bajarmoqda.

Ilgari Markaziy Osiyoda ancha kamtarona mavqega ega bo'lgan O'zbekiston bugun shiddat bilan siyosiy va xalqaro nufuzga ega bo'layotganini ko'ryapmiz. Mamlakatga xorijiy sarmoyalar kirib kelmoqda, birinchi navbatda o'zbek xalqining milliy manfaatlarini hisobga olishga asoslangan samarali ko'p vektorli siyosat yuritilyapti.

Rossiyada O'zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatlarini hurmat qilishadi. O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar ham a'lo darajada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish