Logo

Tojikistondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga tashrifi yakunlari ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berdi

Iyun 26, 2025. 16:11 • 2 daq

58
Tojikistondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga tashrifi yakunlari ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berdi

DUSHANBE, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-25-iyun kunlari Mo'g'ulistonga buyurgan davlat tashrifi yakunlari xususidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

– Davlatlar o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan xalqaro munosabatlar tizimida O'zbekiston-Mo'g'uliston sherikligini munosib ijobiy namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 23-26-iyun kunlari Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O'zbekistonga birinchi davlat tashrifi chog'ida ta'kidlaganidek, ular vaziyatga bog'liq emas. Ana shunday tamoyillarga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar hukumatlar, parlamentlar va vazirliklar darajasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo'lib, mamlakatlarni yaqinlashtirish va hamkorlik sohalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga mazkur davlat tashrifi ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo'lida o'zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanining yaqqol tasdig'idir. Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyaning imzolanishi O'zbekiston-Mo'g'uliston hamkorligida do'stlik, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlashga asoslangan yangi bosqichni boshlab berdi.


O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor. O'zbekistonda bugungi kunda barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlari, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ijobiy obro'sini mustahkamlab borayotgan tub islohotlar jarayoni davom etmoqda. Mo'g'uliston ham iqtisodiy o'sishning izchil yuqori sur'atlarini ko'rsatmoqda. Mamlakatda sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jaligi sektori, infratuzilmani to'liq modernizatsiya qilish ishlari jadal amalga oshirilyapti.


Muxtasar aytganda, O'zbekiston-Mo'g'uliston munosabatlari dunyo tartibining yangi arxitekturasida tinchlikni mustahkamlash va do'stona munosabatlarni barpo etishga xizmat qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish