Tojikistondan munosabat: Lyublyana shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Sloveniya oliy darajadagi uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sur'at va ufqlarni ochadi
May 23, 2025. 11:30 • 49 soniya
• 65
DUSHANBE, 23-may. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim (Tojikiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-22-may kunlari Sloveniyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

–O'zbekiston yetakchisining Sloveniyaga tashrifi respublikaning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv tashqi siyosati natijasidir. Shuningdek, tashrif O'zbekiston-Sloveniya diplomatik munosabatlari o'rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda bo'lib o'tgani ham muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi munosabatlar faol rivojlanishning dastlabki bosqichida. Biroq savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish, shuningdek, gumanitar, madaniy-ma'rifiy va boshqa sohalarni kengaytirish uchun salmoqli salohiyatga ega.
O'zbekistonning o'zaro ishonch va konstruktiv manfaatli yondashuvga asoslangan tashqi siyosatining shakllangan amaliyotini inobatga olgan holda, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning Lyublyana shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sur'at va ufqlarni ochishini oldindan aytish mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot