Logo

O'zbekiston delegatsiya Ostonada boshlangan IV Xalqaro transport-logistika biznes-forumida ishtirok etmoqda

Oktabr 05, 2023. 09:22 • 38 soniya

84
O'zbekiston delegatsiya Ostonada boshlangan IV Xalqaro transport-logistika biznes-forumida ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 5 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston transport vaziri Ilxom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Qozog'istonning Ostona shahrida boshlangan IV Xalqaro transport-logistika biznes-forumi - «NEW SILK WAY»da ishtirok etmoqda, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, transport haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirda ekspert va ishtirokchilar transport tizimlari integratsiyasi va hamkorlik masalalarini, o'rta koridorni rivojlantirish hamda multimodal tashuvlar sohasidagi yangi texnologiyalar va innovatsiyalar, yuk tashuvlar samaradorligini oshirish va yetkazib berishni takomillashtirish masalalarini muhokama qilinmoqda.

O'zbekiston Transport vaziri Ilhom Maxkamov biznes-forumdagi chiqishida bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlar fonida intermodal va multimodal tashuvlarning ahamiyati ortib borayotganligini ta'kidladi.

Ayni shu jihatni inobatga olgan holda O'zbekiston tomonidan mintaqada istiqbolli multimodal transport yo'laklarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirish borasida amaliy choralar ko'rilayotgani qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish