O'zbekiston toshqinlardan jabr ko'rgan Qirg'iziston aholisiga insonparvarlik yordamini yubordi
Iyul 04, 2024. 11:23 • 39 soniya
• 1681
O'Sh, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr ko'rgan Qirg'iziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu munosabat Botken viloyatidagi Qizil-Qiya chegara nazorat o'tish punktida O'zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari Sanjar Zuparov, mamlakatimiz bosh konsuli Zafarbek Axmedov va Qirg'iziston rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Insonparvarlik yordami hodisadan eng ko'p zarar ko'rgan Nookat tumani hokimligiga topshirildi.
Qirg'iziston tomoni insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Joriy yilning 28-iyun kuni O'sh va Botken viloyatlarida kuchli yomg'ir yog'ishi sababli, sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 10 dan ortiq odamlar, jumladan yosh bolalar vafot etdi hamda ko'plab aholi punktlari zarar ko'rdi, 1300 dan ortiq aholi esa doimiy yashash joyidan ko'chirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi