Britaniya kompaniyasi O'zbekistonda "yashil" loyihalarni amalga oshirishga tayyor
Dekabr 04, 2023. 16:14 • 44 soniya
• 261
LONDON, 5-dekabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning "Kalo Holdings" kompaniyasi O'zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o'tishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Gap savdo va biznes markazlari, ko'ngilochar va dam olish maskanlari, yoqilg'i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar hamda 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlash imkoniyatiga ega bo'lgan stansiyalarni qurishga qaratilgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar haqida ketmoqda.
Kompaniya vakillari O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov bilan muzokaralar chog'ida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ularga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mamlakatimizning iqtisodiyot, savdo va qurilish sohasidagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.
O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mazkur loyihalar amalga oshirilgan taqdirda O'zbekiston aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga katta turtki bo'lishi alohida ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi