Logo

Jizzax viloyati va Polshaning Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Mart 29, 2025. 11:48 • 30 soniya

70
Jizzax viloyati va Polshaning Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

VARSHAVA, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi rahbariyati va Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari O'tkirjon Muysinaliyev o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Jizzax viloyati va Polshaning Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar Jizzax viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.


Bundan tashqari, joriy yilning 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Jizzax-2025" xalqaro biznes forumida Polsha ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokini ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish