Xalqaro biznes-forumda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyati namoyish qilindi
Dekabr 18, 2025. 10:12 • 42 soniya
• 166
GUANCHJOU, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Guanchjou shahrida o‘tkazilgan “Guangzhou SME Go Abroad” xalqaro biznes-forumida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu forumda Xitoyning 300 dan ortiq kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Tadbirda diplomatlarimiz O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, investitsion jozibadorlik, hududlarning sanoat salohiyati, turizm industriya imkoniyatlari, erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyoz va preferensiyalar tizimi haqida maʼlumot berdi.
Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizning mintaqadagi strategik joylashuvi, investorlar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz tadbirkorlik muhiti hamda rivojlangan infrastrukturasi xitoylik kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar ochib berayotgani alohida taʼkidlandi.
“Guangzhou CCPIT” raisi o‘rinbosari Chjou Siyaofen bilan o‘tkazilgan muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatimizga Xitoy biznes doira vakillarining tashrifini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi